MILLIY IPOTEKA BOZORIDAGI LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHDA OSIYO TARAQQIYOT BANKI MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Authors

  • Firdavs Abobov O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi Author

Abstract

Hozirgi kunda respublikamizdagi deyarli barcha tijorat banklari o‘z mijozlariga ipoteka kreditlarini taqdim etishmoqda. O‘zbekistonda tijorat banklari tomonidan uy-joy ipoteka kreditlarining berilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 3 yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruktsiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda yuqoridagi Nizom, "Ipoteka to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “2017 — 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida” PQ-2639-son Qarori hamda 2016 yil 22 noyabrdagi “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2660-sonli Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, unda tijorat banklari tomonidan aholiga uy-joy qurish, uni rekonstruktsiya qilish va sotib olish uchun ipoteka kreditlarini berish tartibi belgilangan.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2025-07-31