Vol. 2 No. 7 (2025): Conference on Social Sciences and Humanities Research (CSSHR)
Articles

AGRAR SOHAGA INVESTITSIYA JALB QILISH AMALDAGI HOLATI TAHLILI

Ravshanbek Yusufjonov
Namangan davlat texnika universiteti

Published 2025-07-31

Abstract

O‘zbekiston Respublikasida agrar soha mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish bilan bevosita bog‘liqdir. Mamlakatda agrar islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani, fermer xo‘jaliklari, dehqonlar va agroklasterlarning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilayotgani investitsion faollikni kuchaytirishni talab etmoqda. Agrar sohani modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirish uchun katta hajmdagi investitsiyalar zarur. Biroq, mavjud investitsiya resurslarining yetarli emasligi, ularning taqsimlanishidagi nomutanosibliklar, ayrim hududlarda investorlar uchun infratuzilmaning rivojlanmaganligi kabi muammolar hali ham saqlanib qolmoqda. Shu sababli, sohada investitsiyalarning amaldagi holatini chuqur o‘rganish, mavjud imkoniyat va to‘siqlarni aniqlash dolzarb vazifalardan biridir.