AGROFOTOVALTAIK TIZIMLAR MONITORINGI:ARDUINO ASOSIDAGI MODULLI YONDASHUV

Authors

  • Shohruhbek Muxtorjonov Author
  • Javohir Qayumov Author

Abstract

Agrofotovoltaik (APV) tizimlar qishloq xo‘jaligi maydonida PV panellarni ekinlar bilan birgalikda joylashtirish orqali yer resursidan samarali foydalanish, mikroiqlimni yumshatish va irrigatsiya yukini kamaytirish imkonini beradi. Biroq ekinlar hosildorligi, mikroiqlim (PPFD/DLI, VPD, tuproq namligi) va elektr ishlash ko‘rsatkichlari (quvvat, PR) o‘rtasidagi muvozanatni dalada doimiy kuzatmasdan optimallashtirish qiyin. Ushbu tezis Arduino asosidagi modulli monitoring yondashuvini taklif etadi: yorug‘lik (BH1750/PPFD), havo harorati/namligi (SHT3x), tuproq namligi/EC/harorat, barg harorati (IR), shamol va quyosh radiatsiyasi sensorlari, shuningdek, PV zanjiri kuchlanish/toki (INA219) kabi tugunlardan iborat sensor tarmog‘i. Arxitektura SD-karta va RTC bilan ishonchli loglashni, RS-485/Modbus yoki ESP32 orqali Wi-Fi/LoRa telemetriyasini, chekka hisoblarda DLI, VPD, ET₀ va outlier-filtrlashni ko‘zda tutadi. Ma’lumotlar oqimi MQTT–Node-RED–InfluxDB–Grafana orqali vizuallashtiriladi. Kutilayotgan natijalar: (i) APV soyalanish darajasi va irrigatsiya qarorlarini dalaviy ma’lumotlar bilan bog‘lash, (ii) PR va mikroiqlim ko‘rsatkichlari orasidagi korrelyatsiyalarni ochish, (iii) arzon, kengayadigan va replikatsiya qilinadigan ochiq apparat-dasturiy platformani taqdim etish.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2025-09-10