XALQARO MOLIYA OPERATSIYALARIDA XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI ISHTIROKINING O’ZIGA XOS JIHATLARI
Abstract
Xalqaro moliya operatsiyalarini boshqarishda xalqaro moliya institutlari ishtirokini o‘rganish bugungi globallashuv sharoitida nihoyatda muhimdir. Bunday o‘rganish orqali mamlakatlar xalqaro moliya oqimlarini tartibga solish va barqaror rivojlanishni ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur jarayonda yirik loyihalarni boshqarish ham muhim ahamiyatga ega. Xalqaro moliya institutlari tajribasi moliya bozorlarida yuzaga keladigan xavflarni boshqarishda katta ahamiyat kasb etadi. Ularning nazorat mexanizmlari va moliyaviy yondashuvlari iqtisodiy siyosatni shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.