“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI DOIRASIDA INVESTITSION MUHITNI MOLIYAVIY RAG‘BATLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Abstract
Bugungi globallashuv va texnologik rivojlanish davrida investitsiyalar har qanday davlat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi va raqobatbardoshligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ilg‘or texnologiyalar, innovatsion g‘oyalar va boshqaruv tajribasini olib kirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga kuchli turtki beradi. Jahon banki, BMT va Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan taqdim etilayotgan so‘nggi tahlillarga ko‘ra, barqaror va ochiq investitsion muhit yarata olgan davlatlar iqtisodiy o‘sish sur’atlari, bandlik darajasi va eksport salohiyatida boshqalarga nisbatan yuqori natijalarga erishmoqda.













