KARTOSHKA (SOLANUM TUBEROSUM L.) DA KASALLIK QO‘ZG‘ATUVCHI (ALTERNARIA) ZAMBURUG‘ TURLARI
Abstract
: ushbu maqolada kartoshka (Solanum tuberosum L.) o‘simligida uchraydigan Alternaria turkumiga mansub zamburug‘ turlari va ularning morfologik, biologik hamda patogenlik xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar Guliston davlat universiteti, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent viloyati, Toshkent tumani “Mirqosim Kamola Fayz” fermer xo‘jaligi hududlarida olib borildi. Mikromitsetlarning sof kulturasi Chapek va kartoshka-dextrozali agar (KDA) ozuqa muhitlarida ajratib olindi. Ajratilgan namunalar morfologik belgilariga ko‘ra Alternaria alternata va Alternaria solani turlariga yaqin ekanligi aniqlanib, ularning morfologik, mikroskopik hamda ekologik xususiyatlari tahlil qilindi. Maqolada mazkur zamburug‘larning kartoshka ekinlariga yetkazayotgan iqtisodiy zarari, ularni nazorat qilishning klassik usullari va ekologik xavfsiz himoya tadbirlarini ishlab chiqish yo‘nalishlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Downloads
References
1. Abdullayeva X.B., Maxkamova D.Y., Isxoqova S.M. (2021). Buxoro viloyati sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarining umumiy fizik xossalari. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 1(11), 487–495.
2. G‘afurova L.A., Sodiqova G.S. (2016). Boysun tog‘ tuproqlari va ularning biologik faolligi. Avtoreferat, 162 b.
3. Jabborov O.A. (2021). Sug‘oriladigan tuproqlar unumdorligi dinamikasi va uni oshirish yo‘llari. Avtoreferat, 41 b.
4. Maxkamova D.Y., Abdullayeva X.B. (2021). Sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning mexanik tarkibi. XXI asr — intellektual yoshlar asri mavzusidagi Respublika ilmiy anjuman materiallari, 233–234-betlar.
5. Qo‘ziyev R.Q., Sektimenko Y.V. (2019). Pochvi Uzbekistana. T.: “Extremium Press”, 115–117-betlar.
6. Toshqo‘ziev M.M., G‘afurova L.A., Xonazarov A.A., Qurvantoev R. (2022). Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 2(2), 5.947 SJIF.
7. Muhlibaev M. (2022). Results of Laboratory Research on Environmental Content in Physics Instruction in Relation to Occupational Education. Oriental Renaissance Journal, 2181–3187.













