ART pedagogika vositasida talabalarning raqamli kompetensiyalarini takomillashtirish
Abstract
Raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri talabalarda zamonaviy raqamli kompetensiyalarni shakllantirish va ularni doimiy ravishda takomillashtirib borishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda innovatsion pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ilmiy maqolada ART pedagogika (Activity, Reflection, Technology) vositalari asosida ta’lim jarayonini tashkil etishning talabalarning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirishga ta’siri ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ART pedagogikaning mohiyati, uning ta’lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlari hamda raqamli savodxonlik, axborot bilan ishlash, raqamli muhitda muloqot va muammolarni hal etish kabi kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli asoslab beriladi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida ART pedagogika asosida tashkil etilgan o‘quv faoliyati talabalarning raqamli ko‘nikmalari, mustaqil fikrlashi va texnologik muhitga moslashuvchanligini sezilarli darajada oshirishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’limni rivojlantirish, o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish va raqamli kompetensiyalarga yo‘naltirilgan pedagogik strategiyalarni takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
Downloads
References
1. UNESCO. Digital Competency Framework for Educators. Paris: UNESCO; 2018.
2. OECD. Innovating Education and Educating for Innovation. Paris: OECD Publishing; 2016.
3. European Commission. DigComp 2.1: The Digital Competence Framework for Citizens. Luxembourg; 2017.
4. Anderson T., Dron J. Three generations of distance education pedagogy. Int Rev Res Open Distance Learn. 2011;12(3):80–97.
5. Bates A.W. Teaching in a Digital Age. Vancouver: BCcampus; 2019.
6. Mishra P., Koehler M.J. Technological pedagogical content knowledge. Teach Coll Rec. 2006;108(6):1017–1054.
7. Siemens G. Connectivism: A learning theory for the digital age. Int J Instr Technol Distance Learn. 2005;2(1):3–10.
8. Salmon G. E-tivities: The Key to Active Online Learning. London: Routledge; 2013.
9. Jonassen D. Learning to Solve Problems with Technology. New Jersey: Pearson; 2011.
10. Redecker C. European framework for the digital competence of educators. Joint Research Centre Science for Policy Report. 2017.













