NSFR ORQALI BARQAROR MOLIYALASHTIRISHNI TA’MINLASH: AMALIY YONDASHUVLAR
Abstract
Tijorat banklari faoliyatida likvidlik va moliyalashtirish barqarorligi bank tizimi barqarorligining eng muhim tayanchlaridan biri hisoblanadi. Banklar kundalik to‘lovlar, mijozlar depozitlarini qaytarish, banklararo hisob-kitoblar va boshqa majburiyatlarni uzluksiz bajarishi uchun nafaqat yetarli likvid aktivlarga ega bo‘lishi, balki ushbu aktivlarni moliyalashtiruvchi resurslarning sifati va muddati ham muvozanatli bo‘lishi zarur. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, banklarda qisqa muddatli resurslar hisobidan uzoq muddatli kreditlar va kam likvid aktivlar hajmi ortib borishi “muddati mos kelmaslik” (maturity mismatch) riskini kuchaytiradi. Bunday holatda bank, hatto rentabelli ishlayotgan taqdirda ham, bozor shoklari yoki depozit chiqishlari kuchaygan davrlarda moliyalashtirishni qayta tiklash (rollover) muammosiga duch kelishi mumkin.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Liquidity dynamics of banking sector (July 1, 2024 / July 1, 2025).
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Liquidity dynamics of banking sector (February 1, 2024 / February 1, 2025).
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Liquidity dynamics of banking sector (November 1, 2024 / November 1, 2025).
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. FSAP Roadmap 2025–2028 (LCR/NSFR moslashtirish va 2026-yildan monitoring).
5. Basel Committee on Banking Supervision (BIS). Basel III: the net stable funding ratio (d295, 2014).













