INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TEZKORLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tezkorlik sifatini rivojlantirishda interfaol metodlarning samaradorligi tadqiq qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — umumiy o‘rta ta’lim maktablari sharoitida o‘yinlar, estafetalar va reaksiya mashqlari kabi interfaol topshiriqlarni dars jarayoniga joriy etish orqali o‘quvchilarning tezlik, chaqqonlik va signallarga javob berish qobiliyatini oshirishdir. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi, tezkorlik sifatining o‘ziga xos pedagogik va fiziologik xususiyatlari, shuningdek, zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishning ilmiy-amaliy talqinlari yoritilgan.
Tadqiqot davomida diagnostik testlar (30 metrga yugurish, reaksiya testi, tez start mashqlari) qo‘llanildi hamda tajriba va nazorat guruhlarining boshlang‘ich va yakuniy natijalari taqqoslandi. Olingan ma’lumotlar matematik-statistik tahlil asosida qayta ishlanib, interfaol metodlar bilan tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilar tezkorlik sifatini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi.
Downloads
References
. Abdullayev A., Xasanov S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2020. – 236 b.
2. Jo‘rayev M. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar. – Toshkent: Fan va ta’lim, 2018. – 144 b.
3. Xayrullayev A., Qodirov B. Maktab yoshidagi bolalarda tezkorlik va chaqqonlikni rivojlantirish. – Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2019. – 120 b.
4. МУРАТОВА, ГР, and М. ХАТАМОВ. "О проблемах развития творческой активности детей школьного возраста на уроках физической культуры." Образование. Наука. Карьера. 2018.
5. Матвеев Л.П. Теория и методика физического воспитания. – Москва: ФиС, 2017. – 352c
6. Кузнецов В.С. Развитие скоростных качеств у детей младшего школьного возраста. – Москва: Спорт, 2020. – 168 с.
7. Muratova, G. R. "Methodology of selection and use of mobile games as a means of connected formation of technical skills and development of physical qualities of volleyball players." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.12 (2022): 992-993.
8. Baquet, G. & Van Praagh, E. Development of speed and agility in children: A practical approach. Journal of Physical Education and Sport, 2018, 18(2), 450–458.
Tomkinson, G.R. Speed development and neuromotor readiness in elementary school children. European Journal of Sport Science, 2021, 21(6), 812–820.













