ANDIJON MEXANIKA ZAVODIDA YUK KO‘TARISH MASHINALARIDAN FOYDALANISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Abstract
Mazkur tezisda Andijon mexanika zavodida yuk ko‘tarish mashinalaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar va ularning mehnat muhofazasi nuqtai nazaridan tahlili keltirilgan. Tadqiqot davomida ishlab chiqarish jarayonlarida mavjud xavfli va zararli omillar aniqlanib, texnik vositalarning holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi hamda xodimlarning malaka darajasi o‘rganildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, uskunalarning eskirganligi, texnik xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar, yuklarni noto‘g‘ri ilish va ortiqcha yuklash kabi omillar ishlab chiqarishda xavf darajasini oshirmoqda. Shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya etilmasligi va nazoratning yetarli darajada emasligi ham muhim muammolar qatoriga kiradi. Tadqiqot natijalari asosida yuk ko‘tarish mashinalaridan xavfsiz foydalanishni ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish hamda xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi. Ushbu takliflar ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi. Mehnat kodeksi. Toshkent, 2022.
2. O‘zbekiston Respublikasi. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun. Toshkent, 2016.
3. GOST 12.0.003-74. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Tasnifi. Moskva, 1978.













