“SHARQ NAFIS GULI” XUSUSIY KOROXNASINING ERGONOMIK HOLATI TAHLILI

Authors

  • Karimov Shoxjahon Mahmudjon o‘g‘lI Andijon davlat texnika isntituti Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti 4-bosqich MMTX yo‘nalishi K-45-22 guruh talabasi Author
  • Tadjiboyev Bunyodbek Qosimjon o‘g‘li Author

Abstract

Ushbu maqolada “Sharq Nafis Guli” xususiy korxonasining ishlab chiqarish muhitida ergonomik holatni baholash va uni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Korxona asosan oziq-ovqat sanoatiga oid kukuruz palochkalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ish jarayonida operatorlar, qadoqlovchi xodimlar va texnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar turli mexanik, issiqlik va akustik omillar ta’siriga duch keladi. Shuning uchun korxonaning ergonomik holatini o‘rganish xodimlarning mehnat unumdorligi, salomatligi va ishlab chiqarish xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda o‘lchov va kuzatuv usullari, mehnat joylarining yorug‘lik, mikroiqlim, shovqin darajasi hamda ishchi holatlari ergonomik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, ayrim ishlab chiqarish uchastkalarida me’yoriy talablar to‘liq bajarilmagani, ayniqsa issiqlik va shovqin darajasining yuqoriligi aniqlangan. Shuningdek, xodimlarning ish joylarini moslashtirish, ergonomik stollar va maxsus tayanch vositalar o‘rnatish, ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirish sxemasini optimallashtirish orqali samaradorlikni 15–20% gacha oshirish mumkinligi asoslab berilgan. Maqolaning natijalari korxona mehnat muhofazasi tizimini modernizatsiya qilishda, ergonomik standartlarni joriy etishda va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda amaliy ahamiyatga ega.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, yangi tahrir. 2016-yil 22-sentabr, O‘RQ–410-son. — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2016-y., 03/16/410/1103-son.

2. SanPiN 0255–09. “Ishlab chiqarish binolarida sanitariya-gigiyena talablari.” — Toshkent: Sog‘liqni saqlash vazirligi nashri, 2010.

3. GOST 12.1.003–83. “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari.” — Moskva: Standartlar nashriyoti, 1983.

4. GOST 12.1.046–85. “Ishlab chiqarish joylarini yoritish normalari va o‘lchov usullari.” — Moskva, 1985

Downloads

Published

2026-04-29