Published 2026-06-10

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Abstract
Korrupsiyaga qarshi zamonaviy siyosatning markaziy yo‘nalishi huquqbuzarlikni sodir etilganidan keyin jazolashdan, uni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni oldindan aniqlash va bartaraf etishga ko‘chmoqda. Mazkur profilaktik yondashuvning asosiy vositasi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash instituti. O‘zbekistonda u “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun[1] va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tizimini joriy etgan Farmon[2] bilan boshlanib, 2022-yilgi qaror[3] orqali tizimli normativ shaklga keldi. Mazkur qarorga muvofiq, davlat tashkilotiga yuklangan har bir funksiya Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi tasdiqlagan baholash uslubiyoti asosida tahlil qilinadigan bo‘ldi. Transparency International ma’lumotlariga ko‘ra mamlakatning korrupsiyani idrok etish indeksi so‘nggi yillarda yaxshilangan bo‘lsa-da, u hamon yuqori korrupsiya darajasini aks ettiruvchi chegaradan past[4] bo‘lib, bu profilaktik institutlarning sifatli huquqiy negizga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydi.
[1]О‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni. – https://lex.uz/docs/-3088008
[2]О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli Farmoni. – https://lex.uz/docs/-4875784
[3]О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori. – https://lex.uz/docs/-6000285
[4]Transparency International. Corruption Perceptions Index 2024 // https://www.transparency.org/en/cpi/2024/index/uzb