Vol. 3 No. 6 (2026): EIYB (Educational Yield Insights & Breakthroughs)
Articles

YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISHDA QURILISH KORXONALARINI SOLIQQA TORTISH AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH

Voxid Rajabov
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

Published 2026-06-10

Abstract

Hozirda O‘zbekiston iqtisodiyotida qurilish tarmog‘i yalpi ichki mahsulotni shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda infratuzilmani rivojlantirishda muhim o‘rin egallayotgan bo‘lsa-da, ushbu sohada yashirin iqtisodiyot ulushining yuqoriligi davlat byudjeti daromadlariga va sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Qurilish korxonalarida naqd pul aylanmasining yuqoriligi, norasmiy mehnat munosabatlari, subpudratchilar faoliyatining yetarli darajada nazorat qilinmasligi hamda xarajatlarning sun'iy ravishda oshirilishi soliq bazasining qisqarishiga sabab bo‘layotgani mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borishni dolzarb masalaga aylantirmoqda. Soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish orqali qurilish sohasidagi moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini ta'minlash, soliq intizomini mustahkamlash va yashirin iqtisodiy faoliyat ko‘lamini qisqartirish imkoniyati kengayadi.