RAQAMLI INFRATUZILMA XARAJATLARINI MAHSULOT TANNARXIDA ALOHIDA HISOBGA OLISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Published 2026-06-10

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Abstract
Tezisda don mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida ERP tizimlari, server, bulutli xizmatlar, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya va axborot xavfsizligi xarajatlarining mahsulot tannarxida aks ettirilishi tadqiq etilgan. Ushbu sarflarning ma’muriy yoki umumishlab chiqarish xarajatlari tarkibida jamlanishi ularning ishlab chiqarish jarayoniga sababiy bog‘liqligini, mahsulotlar kesimidagi ulushini va iqtisodiy samaradorligini baholashni cheklashi aniqlangan. Tadqiqotda tahlil va sintez, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, schyotlar korrespondensiyasi hamda jarayonli kuzatuv usullaridan foydalanilgan. Ilmiy yangilik sifatida 2520 – «Raqamli infratuzilma va IT-xizmatlar xarajatlari» ishchi schyoti, uning analitik kesimlari va xarajatlarni ishlab chiqarish hamda ma’muriy faoliyatga taqsimlash algoritmi taklif etilgan. Taklif raqamli xarajatlarni tannarxga avtomatik kiritishni emas, balki ularni avval alohida identifikatsiya qilish, keyin sababiy drayverlar asosida tegishli obyektlarga o‘tkazishni nazarda tutadi. Natijada tannarx axborotining shaffofligi, audit izi va boshqaruv qarorlarining asoslanganligi oshadi.
References
- 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizom.
- 2. IASB. IAS 2 Inventories.
- 3. IAASB. ISA 315 (Revised 2019): Identifying and Assessing the Risks of Material Misstatement.
- 4. IAASB. ISA 330: The Auditor’s Responses to Assessed Risks.
- 5. Drury C. Management and Cost Accounting, 10th Edition Colin Drury. Annabel Ainscow. ISBN: 978-1-4737-4887-3. 2017.
- 6. Horngren C.T., Datar S.M., Rajan M.V. Cost Accounting: A Managerial Emphasis. – 15th ed. – Harlow: Pearson, 2015. – 868 p.