MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI OSHIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING ROLI
Abstract
Bugungi kunda hududlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalliy budjetlarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik alohida o‘rin egallaydi. Chunki kichik biznes subyektlari hududiy iqtisodiyotning eng faol va moslashuvchan bo‘g‘inlaridan biri sifatida ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda iqtisodiy faollikni ta’minlaydi. Tadbirkorlik subyektlari sonining ko‘payishi va ularning iqtisodiy faoliyat hajmining kengayishi natijasida mahalliy budjetlarning soliq bazasi kengayib, budjet daromadlarini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar shakllanadi.

