TURKISTON TOGʻ TIZMASIDA TANLANGAN PINACEAE OILASI TURLARINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA INTRODUKSIYASINI BAHOLASH
Abstract
Oʻrmonzorlar barpo etish va hududlarni koʻkalamzorlashtirish qurgʻoqchilik hamda iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlardan hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, daraxt turlarini introduksiya qilish, ularning tashqi muhit omillariga javob reaksiyalarini baholash va bioekologik xususiyatlarini aniqlash ilmiy hamda amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqotda Turkiston togʻ tizmasida introduksiya qilingan Pinaceae oilasining ayrim vakillari oʻrganilib, ularning oʻsish xususiyatlari, fenologiyasi, urugʻ mahsuldorligi, urugʻ unuvchanligi va introduksiya ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
Tadqiqotda Qrim qaragʻayi, oddiy qaragʻay, oddiy qoraqaragʻay, Shrenk qoraqaragʻayi, Sibir tilogʻochi va Sibir kedri (Sibir tosh qaragʻayi) kabi turlar qamrab olindi. Keltirilgan natijalar turlar oʻrtasida balandlik, diametr, urugʻ unuvchanligi va umumiy introduksiya bahosi boʻyicha farqlar mavjudligini koʻrsatdi. Mazkur ko‘rsatkichlar togʻ sharoitida introduksiya qilingan ignabargli turlarning moslashuv darajasi va ulardan foydalanish istiqbollarini baholash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 avgustdagi PQ-4424-son “Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktabrdagi PQ-4850-son “O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
4. Бейдеман И.Н. Изучение фенологии растений // Полевая геоботаника. Т. 2. Москва–Ленинград: АН СССР, 1960. С. 333–366.
5. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. 5-е изд., перераб. и доп. Москва: Агропромиздат, 1986. С. 48–351.
6. Зайцева Г.Н. Методика биометрических расчетов. Москва: Наука, 1973. 256 с.
7. Гусев А.В., Залесов С.В., Сарсекова Д.Н. Методика определения перспективности интродукции древесных растений // Социально-экономические и экологические проблемы лесного комплекса в рамках концепции 2020: материалы VII международной научно-технической конференции. Екатеринбург: УГЛТУ, 2009. С. 272–275.
8. Славкина Т.И., Есипова Т.В., Талипов Х.М. Особенности роста некоторых видов хвойных и перспективы введения их в горные районы Узбекистана // Пути улучшения продуктивности лесной растительности Узбекистана: научные труды. Вып. 112. Ташкент, 1984. С. 19–25.
9. Арестова С.В., Арестова Е.А. Оценка адаптации интродуцированных древесно-кустарниковых растений в условиях Саратовского Поволжья: методические рекомендации. Саратов: ФГБНУ «НИИСХ Юго-Востока», 2017. 28 с.
10. Талипов Х.М. Итоги интродукции хвойных растений в горные районы Узбекистана. Ташкент, 1990. С. 47–90.
11. Қайимов А.К., Бердиев Э.Т. Дендрология. Тошкент: Чўлпон, 2012. 330 б.
12. Русанов Ф.Н. Дендрология Узбекистана. Голосеменные. Ташкент: Фан, 1968. 497 б.

