RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA HUDUDLARNING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI BAHOLASH
Abstract
Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va iqtisodiy jarayonlarning texnologik jihatdan yangilanishi hududlarning investitsion jozibadorligini baholashga bo‘lgan yondashuvlarni ham o‘zgartirmoqda. An’anaviy baholash tizimlarida asosan iqtisodiy o‘sish, investitsiyalar hajmi, ishlab chiqarish salohiyati, moliyaviy imkoniyatlar, mehnat resurslari va tabiiy resurslar kabi ko‘rsatkichlarga ustuvor ahamiyat berilgan bo‘lsa, raqamli iqtisodiyot sharoitida hududning raqamli infratuzilmasi, elektron davlat xizmatlari, raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi, axborot almashinuvi tezligi va innovatsion salohiyati ham investitsion jozibadorlikning muhim tarkibiy qismlariga aylanmoqda. Shu sababli hududlarni investitsion jozibadorlik darajasiga ko‘ra baholash metodologiyasini raqamli iqtisodiyotning yangi talablari asosida takomillashtirish dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biridir.

