Skip to main content

HUDUDLAR INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISHNING ASOSIY IQTISODIY DRAYVERLARI

Authors

  • Umaraliyev Sanjar Sultonaliyevich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi Author

Abstract

Hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish mamlakat iqtisodiy o‘sishining hududiy muvozanatini ta’minlash, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, yangi iqtisodiy faoliyat turlarini shakllantirish va xususiy kapital oqimini kengaytirishning muhim shartlaridan biridir. Investitsiya resurslarining hududlar o‘rtasida qanday taqsimlanishi nafaqat alohida hududlarning iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga, balki mamlakat miqyosida ishlab chiqarish, bandlik, eksport, innovatsion faollik va aholi daromadlarining o‘sishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish masalasini faqat investitsiyalar hajmini ko‘paytirish bilan bog‘lash yetarli emas. Mazkur jarayon hududning iqtisodiy salohiyati, bozor imkoniyatlari, infratuzilmaviy ta’minoti, mehnat resurslari, moliyaviy imkoniyatlari, institutsional muhiti va investitsion risklarini o‘zaro bog‘liq holda takomillashtirishni talab etadi.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2026-06-10