HUDUDLARNING INVESTITSON JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVDA SINGAPUR TAJRIBASI
Abstract
Ushbu tezisda innovatsion texnologiyalarning mamlakat investitsion jozibadorligini oshirishdagi ahamiyati Singapur tajribasi asosida tahlil qilingan. Xususan, “Smart Nation” strategiyasi doirasida transport, sog‘liqni saqlash, energetika va shahar infratuzilmasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish natijalari yoritilgan. Shuningdek, Singapurda texnologik tadbirkorlik va startaplar ekotizimini rivojlantirish, venchur kapitalni jalb qilish hamda xalqaro korporatsiyalar uchun qulay biznes muhitini shakllantirishga qaratilgan davlat siyosati o‘rganilgan. Mamlakatning Global innovatsiyalar indeksi, “Business Ready” indeksi va startap ekotizimlari reytingidagi o‘rni asosida innovatsion rivojlanish hamda investitsion jozibadorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilgan. Tadqiqot natijasida Singapur tajribasining O‘zbekiston hududlari investitsion jozibadorligini oshirishda qo‘llash mumkin bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan xulosalar shakllantirilgan.














