O‘ZBEKISTONDA INVESTITSIYA FAOLLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Authors

  • Fatxullayev Olimjon Lutfullayevich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va talabalar bilan manzilli ishlash bo‘limi tyutori Author

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekistonda investitsiya faolligini oshirishning zamonaviy tendensiyalari va mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi, ularning yillar davomida o‘zgarishi, investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiyalar va kreditlarning o‘rni hamda investitsiya jarayonlarining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha yo‘nalishi ko‘rib chiqilgan. Tahlil natijalari O‘zbekistonda investitsiya faolligi so‘nggi yillarda yuqori sur’atlarda kengayib borayotganini, bunda xorijiy kapital, xususiy investitsiyalar va davlat tomonidan yaratilayotgan investitsiya sharoitlari muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, investitsiya resurslarini hududlar va tarmoqlar bo‘yicha yanada muvozanatli taqsimlash, xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish va investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish dolzarb vazifalar sifatida belgilangan. Tadqiqot yakunida O‘zbekistonda investitsiya faolligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2026-06-10