O‘ZBEKISTONDA YASHIL INVESTITSIYALARNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Mazkur tezisda O‘zbekistonda yashil investitsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy holati, asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqotda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi, ekologik toza ishlab chiqarish, yashil infratuzilma hamda resurslarni tejovchi texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yashil investitsiyalarni moliyalashtirishda davlat mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari resurslari, davlat-xususiy sheriklik va yashil obligatsiyalarning o‘rni yoritilgan. Tahlil natijalari O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya salohiyatidan foydalanish va yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida investitsiya faolligi ortib borayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, yashil loyihalarni moliyalashtirishning uzoq muddatli mexanizmlarini rivojlantirish, xususiy kapitalni jalb qilish, yashil moliya instrumentlarini kengaytirish va investitsiya loyihalarining ekologik samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish zarurligi asoslangan. Tadqiqot yakunida O‘zbekistonda yashil investitsiyalar hajmini oshirish va ularning iqtisodiy hamda ekologik samaradorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.














