O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: DAVLAT STRATEGIYALARIDAN MOLIYAVIY SAMARADORLIKKA

Authors

  • Kamolov Sardorbek Davlatjon o‘g‘li Aloqabank Navoiy hududiy komplex xizmatlar ko‘rsatish markazi direktori, Navoiy shahri, O‘zbekiston Author

Abstract

O‘zbekiston bank tizimida raqamli transformatsiya so‘nggi yillarda alohida texnologik yangilik emas, balki tijorat banklarining biznes modeli, mijozlar bilan ishlash usullari, operatsion jarayonlari va risklarni boshqarish mexanizmlarini qayta shakllantirayotgan tizimli jarayonga aylandi. Mazkur jarayonning institutsional asosini 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan bank tizimini isloh qilish strategiyasi, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonun tashkil etadi[1]. Ushbu hujjatlar masofaviy xizmatlar, to‘lov infratuzilmasi, raqamli identifikatsiya va zamonaviy bank boshqaruvi uchun zarur huquqiy hamda tashkiliy shart-sharoitlarni shakllantirdi.

 

[1]O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni; O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrdagi O‘RQ-578-son Qonuni.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2026-06-10