TASNIFLANGAN KREDITLAR VA ZAXIRA AJRATMALARI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH: XALQARO VA MILLIY TAJRIBA
Abstract
Kreditlar bo‘yicha zaxira ajratmalari tizimi tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy prudensial vositalardan biri bo‘lib, uning ilmiy asoslangan tarzda tashkil etilishi bank kapitalining kredit yo‘qotishlariga nisbatan zarbaga chidamliligini bevosita belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2696-son yo‘riqnomasiga muvofiq, tijorat banklari aktivlari standart, substandart, qoniqarsiz, shubhali va umidsiz toifalarga tasniflanadi hamda ularning har biri bo‘yicha mos ravishda 1, 10, 25, 50 va 100 foizlik zaxira ajratmalari shakllantiriladi [1]. Ushbu tizim, mohiyatan, aktivning joriy holatiga (muddati o‘tgan kunlar soni va qarzdorning moliyaviy holatiga) asoslangan bo‘lib, kelajakdagi kutilayotgan yo‘qotishlarni oldindan bashorat qilish imkoniyati nisbatan cheklangan, ya’ni «backward-looking» (orqaga qaragan) tamoyilga tayanadi
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma, 2015-yil 14-iyul, 2696-son.
2. IFRS 9 Financial Instruments. – London: IFRS Foundation, 2014.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom, 2015-yil 13-avgust, 2709-son.
4. Saidov H.R. Tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish: iqt. fan. falsafa d-ri (PhD) diss. – Toshkent: TDIU, 2024.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori; O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlari.














