KERAMIK BUYUMLAR UCHUN Na2O-K2O-Al2O3-B2O3-SiO2 TIZIMI ASOSIDA SIR QOPLAMA TARKIBLARINI ISHLAB CHIQISH
Abstract
Tibbiyot ampulalari shisha chiqindilarini maydalash, fraksiyalash va zarur hollarda metall yoki boshqa begona aralashmalardan tozalash orqali ularni keramika massasiga, angob va sir qoplamalariga kiritish imkoniyati mavjud. Bunda chiqindi tarkibidagi silikat komponentlar an’anaviy kvartsli xomashyolarning bir qismini almashtirishi, shuningdek, pishirish jarayonida shishasimon fazaning shakllanishini jadallashtirishi mumkin. Natijada keramika materiallarining zichligi, suv shimuvchanligi, mexanik xususiyatlari, sirt tuzilishi va sir qoplamasining shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli mavjud.
Shu nuqtayi nazardan, tibbiyot ampulalari ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish resurslarni tejash, tabiiy mineral xomashyolarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, chiqindilar hajmini qisqartirish va ishlab chiqarishning ekologik yuklamasini pasaytirish imkonini beruvchi kompleks texnologik yondashuv sifatida qaralishi mumkin. Biroq bunday chiqindilarni amaliyotga joriy etishdan oldin ularning kimyoviy, mineralogik, termik va granulometrik xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, keramika massasidagi optimal miqdorini va pishirish sharoitlarini ilmiy asoslash talab etiladi.
Downloads
References
1. Schabbach, L. M., Bondioli, F., Ferrari, A. M., Petter, C. O., Fredel, M. C.Colour in Ceramic Glazes: Efficiency of the Kubelka–Munk Model in Glazes with a Black Pigment and Opacifier. J Eur Ceram Soc 29, 2685–2690 (2009). https://doi.org/10.1016/j.jeurceramsoc.2009.02.019.
2. Schabbach, L. M., Bondioli, F., Fredel, M. C.Colouring of Opaque Ceramic Glaze with Zircon Pigments: Formulation with Simplified Kubelka–Munk Model. J Eur Ceram Soc 31, 659–664 (2011). https://doi.org/10.1016/j.jeurceramsoc.2010.11.039.
3. Pasiut K., Partyka J. Thermal properties of glass-ceramic glazes with zirconium oxide added to multicomponent system SiO₂–Al₂O₃–CaO–MgO–Na₂O // Journal of Thermal Analysis and Calorimetry.–2023.–Vol.148.–P.1867–1874. DOI: 10.1007/s10973-022-11869-5.
4. Topateş G., Alıcı B., Tarhan B., Tarhan M.
The effect of zircon particle size on the surface properties of sanitaryware glaze // Materials Research Express. – 2020. – Vol. 7, No. 1. – Article 015203.
DOI: 10.1088/2053-1591/ab657d.
5. Shearer A, Montazerian M, Deng B, Sly JJ, Mauro JC. Zirconia-containing glass-ceramics: From nucleating agent to primary crystalline phase. Int J Ceramic Eng Sci. 2024; 6:e10200. https://doi.org/10.1002/ces2.10200
6. Маткаримов З.Т., Арипова М.Х., Мкртчян Р.В. Керамические облицовочные плитки на основе сырья Узбекистана // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2016. № 7 (28). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/3389
7. М.Х. Арипова, З.Т. Маткаримов // Физико-химические свойства структурно управляемых керамических глазурей // Universum: химия и биология 3 (11 (137)), 56-62.
8. З.Т. Маткаримов // ИЗУЧЕНИЕ УСЛОВИЙ СТЕКЛООБРАЗОВАНИЯ В СИСТЕМЕ Na₂O–K₂O–Al₂O₃–B₂O₃–SiO₂–BaO Universum: химия и биология 3 2025. (12 (138)), p.43-49.
9. З.Т. Маткаримов, М.Х. Арипова, РВ Мкртчян // Разработка глазурного покрытия для облицовочной плитки на основе минерального сырья Узбекистана // Химия и химическая технология, 2016. p.3-7.














