DISKLI TORMOZ KOLODKALARINING QOLDIQ RESURSINI BAHOLASH UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN SINOV STENDINING PARAMETRLARINI ASOSLASH
Abstract
Tezisda diskli tormoz kolodkalarining yeyilish tezligi va qoldiq resursini baholashga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan sinov stendining funksional tuzilishi hamda asosiy parametrlarini tanlash yondashuvi bayon etilgan. Stendning yuritma, inersiya, yuklash, sovitish, o‘lchash va boshqarish qismlari o‘zaro bog‘liq tizim sifatida ko‘rib chiqilgan. Disk aylanish chastotasi, kolodkani siqish kuchi, tormoz momenti, harorat, ishqalanish koeffitsiyenti, qalinlik va massa bo‘yicha yeyilishni sinxron qayd etish nazarda tutilgan. Yuritma quvvati va maxovik inersiya momentini energetik muvofiqlik asosida, datchiklar diapazoni va aniqligini esa kutilayotgan maksimal yuklanish hamda o‘lchash xatoligi bo‘yicha tanlash taklif etilgan. Avtomatik boshqaruv sinov rejimining takrorlanuvchanligini ta’minlash va tezlashtirilgan sinovda yeyilish mexanizmi o‘zgarib ketishining oldini olishga xizmat qiladi.
Downloads
References
1. Magdiyev Sh.P. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisi: darslik. — Toshkent: Innovatsiya-ziyo, 2024. — 288 b.
2. Hamraqulov O., Magdiyev Sh. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi: darslik. — Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2005.
3. Hamraqulov O., Nazarqulov Y.P., Magdiyev Sh., Qodirshayev T. Avtomobillar servisi asoslari: darslik. — Toshkent: Fan, 2007. — 176 b.
4. Akilov A.A., Qahhorov A.A., Sayidov M.X. Avtomobilning umumiy tuzilishi: darslik. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. — 141 b.
5. ISO 26867:2009. Road vehicles — Brake lining friction materials — Friction behaviour assessment for automotive brake systems. International Organization for Standardization, 2009.
6. SAE J2707:2021. Wear Test Procedure on Inertia Dynamometer for Brake Friction Materials. SAE International, 2021.
7. Jensen K.M., Santos I.F., Corstens H.J.P. et al. Estimation of brake pad wear and remaining useful life from fused sensor system, statistical data processing, and passenger car longitudinal dynamics. Wear, 2024, Vol. 538–539, 205220. DOI: 10.1016/j.wear.2023.205220.














