TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI MARKETING SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING KPI ARXITEKTURASI
Abstract
Ushbu tezisda tijorat banklarida raqamli marketing samaradorligini baholash masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda qamrov ko'rsatkichlariga tayanadigan o'lchov yondashuvining chegaralari ochib beriladi. Shuningdek, auditoriyani qamrab olishdan mijoz ishonchigacha bo'lgan sakkiz bosqichli KPI arxitekturasi taklif etiladi. Tadqiqot natijalari marketing budjetlarini iqtisodiy asosda taqsimlash va sirtqi ko'rsatkichlardan qiymat metrikalariga o'tishga qaratilgan amaliy takliflarni shakllantirish imkonini beradi.
Downloads
References
Mijozlarni faollashtirish Identifikatsiyani yakunlash, birinchi tranzaksiya, faollashtirish darajasi Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchini faol mijozga aylantirish Juda yuqori
Mijozlar faolligi Oylik va kunlik faol foydalanuvchilar nisbati, seanslar davomiyligi, tranzaksiyalar takroriyligi Raqamli kanalning kundalik amaliy qiymatini baholash Juda yuqori
Konversiya Omonat, kredit va karta bo'yicha konversiya, o'zaro bog'liq mahsulotlarni sotish darajasi Mijoz qiziqishini moliyaviy natijaga aylantirish Juda yuqori
Mijozlarni saqlab qolish 30 va 90 kunlik saqlab qolish, foydalanishni to'xtatish darajasi Munosabatlar davomiyligini ta'minlash Juda yuqori
Mijozning iqtisodiy qiymati Mijozning hayotiy qiymati, o'rtacha daromad, marja, CLV/CAC nisbati Uzoq muddatli iqtisodiy samaradorlik va rentabellik Strategik
Mijoz ishonchi Tavsiya etishga tayyorlik indeksi, shikoyatlar darajasi, firibgarlik xavfi, rozilikni bekor qilish Brend ishonchi va reputatsion natijalarni baholash Strategik
Ustuvorlik darajalarining mantig’i arxitekturaning yadrosini tashkil etadi. Qamrov va jalb etish bosqichlari "yuqori" ustuvorlikka ega, chunki ularsiz keyingi bosqichlar amalga oshmaydi, biroq ular yakuniy natija emas. Faollashtirish, faollik, konversiya va saqlab qolish bosqichlari "juda yuqori" ustuvorlikka ega, chunki aynan shu bosqichlarda ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi haqiqiy mijozga aylanadi va mijozning bank bilan munosabati shakllanadi. Mijozning iqtisodiy qiymati va ishonch bosqichlari "strategik" ustuvorlikka ega: ular marketing faoliyatining uzoq muddatli iqtisodiy samaradorligini hamda reputatsion natijalarini belgilaydi. Shu mantiq bo'yicha bankning marketing hisoboti qamrov ko'rsatkichlari bilan emas, faollashtirish va qiymat ko'rsatkichlari bilan yakunlanishi lozim.
Arxitekturaning amaliy qo'llanilishi uch bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda ko'rsatkichlar katalogi shakllantirilib, mavjud ma'lumotlar manbalari auditi o'tkaziladi va 2-3 ta pilot kampaniyada o'lchov tizimi sinovdan o'tkaziladi. Ikkinchi bosqichda mijoz ma'lumotlari kanallar bo'ylab yagona identifikatorga birlashtirilib, media xarajatidan mijoz qiymatigacha bo'lgan zanjir uzluksiz kuzatiladigan bo'ladi. Uchinchi bosqichda budjet qarorlari mijozning hayotiy qiymati va uni jalb etish xarajatlari nisbati asosida qabul qilinadigan bo'ladi. Shu bosqichlarda atributsiya usullari ham last-clickdan multi-touch va marketing-miks modellariga bosqichma-bosqich o'tishi maqsadga muvofiq.
Xulosa sifatida ta'kidlash joizki, tijorat banklarida raqamli marketing samaradorligini baholash yagona ko'rsatkichga emas, bosqichlararo bog'langan KPI tizimiga tayanishi lozim. Taklif etilgan sakkiz bosqichli arxitektura banklarga sirtqi o'sish ko'rsatkichlaridan qiymat metrikalariga o'tish, marketing budjetini iqtisodiy asosda taqsimlash va mijoz ishonchini boshqarish imkonini beradi. Natijada marketing faoliyati bankning umumiy biznes o'sishi bilan aralashib ketmasdan, o'z bevosita hissasini aniq namoyon etadi. Kelgusida KPI arxitekturasi yetuklik darajasi bilan bog'lanishi hamda ko'p yillik panel ma'lumotlarida uning iqtisodiy samaradorligiga ta'sirini tekshirish istiqbolli yo'nalish hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Chaffey, D. (2010). Applying organisational capability models to assess the maturity of digital-marketing governance. Journal of Marketing Management. https://doi.org/10.1080/02672571003612192
2. Lemon, K.N., Verhoef, P.C. (2016). Understanding customer experience throughout the customer journey. Journal of Marketing, 80(6), 69-96. https://doi.org/10.1509/jm.15.0420
3. Kotler, P., Kartajaya, H., Setiawan, I. (2021). Marketing 5.0: Technology for Humanity. Wiley.
4. Awad, A., Ghonim, A. (2025). Data-Driven Marketing in Banks: The Role of Artificial Intelligence in Enhancing Marketing Efficiency and Business Performance. International Review of Management and Marketing. https://doi.org/10.32479/irmm.19738
5. Amalia, E., Sulianta, F., Nugraha, U. (2026). Digital Marketing Maturity Models: A Comprehensive Literature Review. International Journal of Multidisciplinary Approach Research and Science. https://doi.org/10.59653/ijmars.v4i01.2087
6. OECD. (2019). Online advertising: Trends, benefits and risks for consumers (Digital Economy Papers No. 272). OECD Publishing.














