O‘ZBEK TILIDA REKLAMA MATNLARINING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi reklama matnlarining lingvopragmatik xususiyatlari, ularning kommunikativ maqsadi hamda adresatga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Reklama diskursida qo‘llaniladigan leksik-semantik, morfologik, sintaktik va stilistik vositalarning pragmatik vazifalari, xususan, ishontirish, qiziqish uyg‘otish, ijobiy munosabat shakllantirish va muayyan harakatga undash xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, reklama matnlarining milliy-madaniy omillar bilan aloqasi hamda ularni o‘rganishning zamonaviy o‘zbek tilshunosligi uchun ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqotning nazariy yo‘nalishi pragmalingvistik, tavsifiy-tahliliy va kontekstual yondashuvlarga asoslanadi. Mavzu O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan iqtisodiy faollikni rivojlantirish va ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash vazifalari bilan bog‘liq holda yoritiladi.
Downloads
References
Farmoni. 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. — https://lex.uz/uz/docs/-5841063
2. Austin, J. L. How to Do Things with Words. — Oxford: Clarendon Press, 1962.
3. Searle, J. R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. — Cambridge: Cambridge University Press, 1969.
4. Cook, G. The Discourse of Advertising. — London: Routledge, 1992.
5. Goddard, A. The Language of Advertising: Written Texts. — London: Routledge, 1998.
6. Matmuratova, N. A. Ingliz va o‘zbek tillarida yaratilgan ijtimoiy reklamalarda reklama matnining nutqiy va pragmatik jihatidan tuzilishi // Talqin va tadqiqotlar. — 2025. — DOI: https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.interpretation-research.78333
7. Yokubjonova, Sh. Ingliz va o‘zbek tilshunosligida reklama diskursi, persuaziv lingvistika va pragmatika nazariyasi // World of Philology. — 2026. — 5-jild, 9-son, 725–731-betlar. — https://journals-kokandsu.uz/index.php/philo/article/view/6688














