"Korporatsiyalarda barqaror rivojlanishning ESG mezonlariga asoslangan faoliyat yuritish tajribasi

Authors

  • Xusniya Ochilova TDIU, Magistratura va Kechki ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi Author

Abstract

Mazkur ilmiy ishda zamonaviy korporatsiyalar faoliyatida barqaror taraqqiyotni ta’minlashda ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) mezonlarining roli Apple Inc. misolida tahlil qilinadi. Apple kompaniyasi o‘z faoliyatiga ESG tamoyillarini chuqur integratsiya qilib, global miqyosda ekologik innovatsiyalarni joriy etish, ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish va shaffof boshqaruv tizimini shakllantirishda yetakchi o‘rinda turadi.[1]

Ekologik yo‘nalishda kompaniya qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish, uglerod chiqindilarini kamaytirish va 2020-yilda karbon neytrallikka erishishga erishgan. Ijtimoiy sohada, teng huquqli va inklyuziv ish muhitini yaratish, inson huquqlarini himoya qilish kabi tashabbuslar amalga oshirilgan. Boshqaruv tizimi esa axloqiy tamoyillar, shaffoflik va manfaatdor tomonlar bilan muloqotga asoslangan.

Shuningdek, Apple tajribasining O‘zbekiston sharoitida qo‘llanishi imkoniyatlari o‘rganilib, ESG tamoyillarini mamlakatda joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. 2030-yilga mo‘ljallangan Milliy strategiya va yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha davlat siyosati Apple tajribasini mahalliy kompaniyalarga moslashtirish zaruratini yuzaga keltiradi.

Tadqiqot natijalari nazariy jihatdan barqaror rivojlanish strategiyasini chuqurlashtirishga, amaliy jihatdan esa ESG tamoyillarini O‘zbekiston korxonalarida joriy etish uchun metodik asos yaratishga xizmat qiladi.

 

[1] United Nations (2015). Transforming our world: the 2030 Agenda for Sustainable Development. United Nations General Assembly.

 

 

Downloads

Download data is not yet available.

References

Porter, M. E., & Kramer, M. R. (2011). Creating Shared Value. Harvard Business Review, 89(1/2), 62–77.

Apple Inc. (2023). Environmental Progress Report. Retrieved from https://www.apple.com/environment/

Apple Inc. (2023). ESG Report and Policies. Retrieved from https://investor.apple.com/

Lozano, R. (2015). A holistic perspective on corporate sustainability drivers. Corporate Social Responsibility and Environmental Management, 22(1), 32–44.

OECD (2020). OECD Guidelines for Multinational Enterprises on Responsible Business Conduct. OECD Publishing.

United Nations (2015). Transforming our world: the 2030 Agenda for Sustainable Development. United Nations General Assembly.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони (2022). 2030 йилгача Ўзбекистон Республикасини барқарор ривожлантириш стратегияси тўғрисида. №ПФ–60.

Siddiqov, A.A. (2021). Korporativ boshqaruvda ESG mezonlarining ahamiyati. “Iqtisodiyot va ta’lim” ilmiy-amaliy jurnali, №3, 45–50.

GRI (Global Reporting Initiative) (2021). Sustainability Reporting Standards. Retrieved from https://www.globalreporting.org/

KPMG (2022). The time has come: The KPMG Survey of Sustainability Reporting 2022. Retrieved from https://home.kpmg

Downloads

Published

2025-05-19